Uchquduq tumanida iste'molchining huquqlari sud orqali himoya qilindi.
Uchquduq tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro Z. Kuzibayev tomonidan iste'molga yaroqsiz deb topilgan fotoelektr stansiyasi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Fuqaro xarid qilgan fotoelektr stansiyasi belgilangan texnik talab va sifat ko‘rsatkichlariga javob bermagani, undan maqsadga muvofiq foydalanishning imkoni bo‘lmagani sababli o‘zining buzilgan huquqlarini tiklashda amaliy yordam so‘ragan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, iste'molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da'vo arizasi kiritildi.
Sud ish materiallarini har tomonlama ko‘rib chiqib, iste'molchining talablari asosli ekanini e'tirof etdi hamda fotoelektr stansiyasi iste'molga yaroqsiz deb topildi. Sud qaroriga muvofiq, fuqaro Z. Kuzibayev foydasiga mazkur mahsulot uchun to‘langan 65 million so‘m mablag‘ undirib berildi.
Mazkur holat iste'molchilar huquqlarini qonuniy yo‘l bilan himoya qilish, sifat talablariga javob bermaydigan mahsulotlar bo‘yicha iste'molchilarning manfaatlarini ta'minlash borasidagi amaliy ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Unutmang! Agar siz ham sifatsiz mahsulot yoki lozim darajada ko‘rsatilmagan xizmat tufayli huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, hududingizdagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishingiz mumkin. Huquqlaringiz qonun himoyasida.
ISTE'MOLCHI FOYDASIGA 65 MILLION SO‘M UNDIRILDI: FOTOELEKTR STANSIYASI UCHUN TO‘LANGAN MABLAG‘ SUD ORQALI QAYTARILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 334
























