Выберите язык

Toshloq tumanida yashovchi fuqaro S.M. xonadoniga suyultirilgan gaz balloni ikki oy davomida yetkazib berilmaganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qildi. 

Murojaat Toshloq tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, «Hududgaz Farg‘ona» GTF Toshloq tumangaz bo‘limiga rasmiy murojaat yo‘llandi. Jamiyat xatida suyultirilgan gazni yetkazib berishdagi kechikishlar yuzasidan belgilangan tartibda chora ko‘rish so‘raldi. 

Kiritilgan xat asosida fuqaroning murojaati o‘rganilishi natijasida xonadonga tasdiqlagan reja-jadval asosida imtiyozli narxda suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilgani ma'lum qilindi. Shuningdek, xonadonda tabiiy gazdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarurligi bo‘yicha tushuntirish berilgan. 

Mazkur holat iste'molchi kommunal xizmat bilan bog‘liq muammoga duch kelganda, belgilangan tartibda murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi. Bu holatda ham fuqaroning murojaati tegishli tashkilotga yo‘naltirilib, masala o‘rganildi va ijobiy hal etishga erishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening