Выберите язык

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga (95 601 10 91) Nukus shahri aholisi A.Sipatova murojaat qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Iste’molchi Nukus shahrida joylashgan "D" brendi ostida xizmat ko‘rsatuvchi tikuvchilik sexiga 3 million so‘mga 6 dona ko‘rpacha buyurtma bergan. Lekin ko‘rpachalar o‘zi xohlagandek sifatli bo‘lmagani uchun ko‘rpachalarni qaytarib topshirgan. So‘ng iste’molchiga tikuv sexi tomonidan 980 ming so‘m qaytarilgan, iste’molchi esa qolgan pullarning berilmay qolganidan norozi bo‘lgan.

Murojaat Nukus shahri iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqilib, mutaxassislar tomonidan Sex rahbari D.Xojaniyazova bilan qonuniy tarzda suhbat o‘tkazildi.

Natijada to‘lovning qolgan qismi:
Oktyabr oyida - 1 million so‘m;
Noyabr oyida - qolgan 1 million so‘m to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Agar siz ham shunday holatlarga duch kelsangiz, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining
1091 ishonch telefonlariga murojaat qiling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening