Выберите язык

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga sifatli va shaffof xizmat ko‘rsatilishini nazorat qilish hamda yuzaga kelayotgan nizolarni adolatli hal etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ayrim hollarda xizmat narxining oldindan kelishilmasligi yoki iste’molchiga to‘liq ma’lumot berilmasligi turli tushunmovchilik va nizolarga sabab bo‘lmoqda. Bunday holatlarda esa iste’molchilarning qonuniy huquqlarini tiklash maqsadida Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali kelib tushayotgan murojaatlar tezkor tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
O'zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroning murojaati kelib tushdi. Murojaatda iste’molchi Yunusobod tumani Markaz-5 mavzesida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik xizmatiga 9 dona mato hamda 200 AQSh dollari miqdorida oldindan to‘lov berganini ma’lum qilgan. Shuningdek, tikilishi lozim bo‘lgan kiyimlarning fasonlari tanlab olingan bo‘lsa-da, iste’molchi xizmat narxi qancha bo‘lishini bir necha bor so‘raganiga qaramay, tikuvchi tomonidan aniq ma’lumot berilmagan. Murojaatchining ta’kidlashicha, buyurtmalar deyarli tayyor bo‘lish arafasida tikuvchi tomonidan xizmat narxi kutilganidan ancha yuqori ekanligi ma’lum qilingan. Natijada iste’molchi xizmat ko‘rsatish jarayonida narx haqida oldindan to‘liq va haqqoniy ma’lumot berilmagani, o‘zining chalg‘itilgani hamda huquqlari buzilganidan norozi bo‘lgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasining Yunusobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida tomonlar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada murojaatchi foydasiga 2 million 400 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘i qaytarilishi ta’minlandi.
Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishda narxlar va boshqa muhim shartlar oldindan aniq hamda tushunarli tarzda ma’lum qilinishi lozim. Bu esa iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, kelgusida turli nizolar va tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening