Выберите язык

Bugungi kunda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelayotgan muammolarga qonuniy yechim topish muhim vazifalardan biridir. Iste’molchi tomonidan xarid qilingan tovarning sifati va undan foydalanish imkoniyati bilan bog‘liq masalalar ham tegishli tartibda o‘rganilib, qonunchilik asosida hal etilmoqda.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro joriy yilning 22-avgust kuni Abu Saxiy bozoridagi maishiy texnika qatorida joylashgan H72-do‘konidan X7 rusumli mobil telefon xarid qilganini ma’lum qilgan. Biroq xariddan so‘ng telefonga turli dastur va ma’lumotlarni yuklashning imkoni bo‘lmagani, qurilma ishlash jarayonida tez-tez qotib qolayotgani sababli undan foydalanishda noqulayliklar yuzaga kelgan.
Shu sababli fuqaro telefonni xarid qilganidan to‘rt kun o‘tib, sotuvchiga qaytarib olib borgan. Biroq sotuvchi tomonidan tovarni qaytarib olish rad etilgani iste’molchining noroziligiga sabab bo‘lgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida murojaatchiga iste’molchilarning huquqlari, tovarni qaytarish va almashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda masalaga qonuniy yechim topish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida fuqaroning qonuniy talabi qanoatlantirilib, xarid uchun to‘langan 1 200 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.
Mazkur holat iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga befarq bo‘lmaslik hamda har bir murojaatni qonuniy asosda o‘rganish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening