Iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi
Iste’molchi huquqlari — doimo e’tiborda!
Urgut tumani G‘ijduvon mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan Urgut tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro savdo do‘konidan 6 kg sig‘imli “Artel” rusumli kir yuvish mashinasi xarid qilgani, biroq foydalanish jarayonida maishiy texnikada nosozlik yuzaga kelgani haqida ma’lum qilgan. Fuqaro muammoni bartaraf etish maqsadida servis xizmatiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, masala kutilganidek hal etilmagani sababli o‘z huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘rab jamiyatga murojaat qilgan.
Murojaat Urgut tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Masalaga mas’ul tashkilot va servis xizmati vakillari bilan tegishli tartibda ish olib borilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining buzilgan huquqlari tiklandi.
Xalqimizda “Adolat qaror topgan joyda baraka bo‘ladi”, degan naql bor. Darhaqiqat, iste’molchi va tadbirkor o‘rtasidagi munosabatlarda qonuniylik, halollik va o‘zaro hurmat ustuvor bo‘lishi lozim.
Iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi va buzilgan taqdirda ularni himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhim. Zero, “Haq so‘z — qilichdan keskir”.
Urgut tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi Iste’molchi huquqlari — doimo e’tiborda!
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 30
























