Выберите язык

Zanglagan qozonlar uchun pul qaytarildi
Samarqand shahrida yashovchi fuqaro tomonidan Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilindi.
Fuqaro savdo nuqtasidan 3 dona qozon xarid qilgan. Biroq mahsulotlardan foydalanish jarayonida qozonlarning zanglaganligi aniqlanib, xaridor ularni qaytarib, to‘lagan pul mablag‘larini olishni so‘ragan. Shunga qaramay, sotuvchi tomonidan iste’molchining talabi o‘z vaqtida qanoatlantirilmagan.
Murojaat Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rildi. Natijada iste’molchiga xarid qilgan 3 dona qozon uchun to‘lagan pul mablag‘lari qaytarib berildi.
Iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, buzilgan huquqlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening