Выберите язык

Mamlakatimizda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni qonuniy asosda bartaraf etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari doimiy nazoratga olinib, har bir murojaat yuzasidan tezkor va samarali choralar ko‘rilmoqda.

Shunday murojaatlardan biri Asaka tumani Qurama mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro Ergasheva Shohista tomonidan joriy yilning 26-iyun kuni Federatsiyaning 1091 ishonch raqamiga yo‘llandi.

Murojaatda Asaka Elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan iste’molchiga 8 million so‘m miqdorida noreal qarzdorlik hisoblangani ma’lum qilingan.

Mazkur murojaat Asaka tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilot bilan hamkorlikda zarur huquqiy va amaliy choralar ko‘rildi.

O‘rganishlar natijasida Asaka Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste’molchiga asossiz hisoblangan 8 million so‘mlik noreal qarzdorlik to‘liq bartaraf etildi hamda fuqaroning qonuniy huquq va manfaatlari tiklandi.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, shuningdek, qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening