Выберите язык

Surxondaryo viloyatida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kommunal xizmatlar bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumani G‘alaba mahallasida yashovchi fuqaro R.F xonadoniga maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati bo‘yicha asossiz qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib, Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Fuqaroning ma’lum qilishicha, chiqindi xizmati bo‘yicha uning nomiga 243 ming 520 so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangan. Biroq xonadonda amalda yashovchi fuqarolar soni bilan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning hisob-kitob ma’lumotlari o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lgan. Shu sababli murojaatchi qarzdorlikning qonuniyligini tekshirish va muammoni hal etishda amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olindi. Jamiyatning tegishli buyrug‘i asosida mutaxassislar B. Buriyev va U. Mardanaqulov ishtirokida holat atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaroning maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatiga doir hisob-kitoblari, shaxsiy hisob raqamlari va xonadonda amalda yashovchi shaxslar soni bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Qumqo‘rg‘on tumani filiali mas’ullari bilan hamkorlikda hisob-kitoblar qayta tekshirildi. Natijada xonadonda amalda bir nafar fuqaro yashashi inobatga olinib, chiqindi xizmati uchun hisoblangan to‘lovlar qayta ko‘rib chiqildi. Fuqaro nomiga noto‘g‘ri shakllantirilgan 243 ming 520 so‘mlik asossiz qarzdorlik to‘liq bekor qilindi.

Mazkur holat kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni hisoblashda xonadonda amalda yashovchi shaxslar soni, abonent ma’lumotlari hamda shaxsiy hisob raqamlarining to‘g‘ri yuritilishi muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Fuqarolar hisob-kitoblarda nomuvofiqlik yoki asossiz qarzdorlik aniqlagan taqdirda, to‘lov hujjatlari va tegishli ma’lumotlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilishlari mumkin.

Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchilar murojaatlarini xolis va qonuniy o‘rganish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash hamda ortiqcha hisoblangan to‘lovlarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening