Surxondaryo viloyati Termiz shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushayotgan murojaatlar qonunchilik talablari asosida o'z vaqtida ko'rib chiqilib, iste'molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha amaliy choralar ko'rilmoqda.
Jumladan, 2026-yil 27-iyul kuni termiz shahrida yashovchi fuqaro Alloqova Saodat tomonidan Termiz shahrida faoliyat yurituvchi "Idea" do'konidan xarid qilingan muzlatgich nosoz holatda chiqqani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaat Termiz shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o'rganilib, sotuvchi korxona vakillari bilan muzokaralar olib borildi. O'rganishlar davomida muzlatgichda ishlab chiqarish nuqsoni mavjudligi aniqlanib, iste'molchining e'tirozi asosli deb topildi.
Ko'rilgan amaliy choralar natijasida murojaat ijobiy hal etildi va fuqaroning nosoz muzlatgichi yangisiga almashtirib berildi. Natijada iste'molchining qonuniy huquqlari tiklanib, yuzaga kelgan muammo qisqa muddat ichida bartaraf etildi.
Mazkur holat O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni talablari amalda samarali qo'llanilayotganini, shuningdek, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish tizimi fuqarolarning manfaatlarini ta'minlashda muhim o'rin tutayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Termiz shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarni xarid qilingan mahsulot sifati yoki ko'rsatilgan xizmatdan norozi bo'lgan taqdirda o'z huquqlarini himoya qilish uchun vakolatli tashkilotlarga murojaat qilishga chaqiradi. Qonuniy murojaatlar o'z vaqtida ko'rib chiqilishi va adolatli hal etilishi iste'molchilar ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Iste'molchi murojaati ijobiy hal etildi: Nosoz muzlatgich yangisiga almashtirib berildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 12
























