Выберите язык


Surxondaryo viloyati Termiz shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan murojaatlar o'z vaqtida ko'rib chiqilib, amaliy yordam ko'rsatib kelinmoqda.
Jumladan, 2026-yil 28-iyul kuni Sherobod tumanida yashovchi fuqaro Sattorov Parda tomonidan Termiz shahrida faoliyat yurituvchi "Prema" do'konidan xarid qilingan televizorning nosoz holatda chiqqani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida o'rganilib, sotuvchi korxona bilan muzokaralar olib borildi. O'rganishlar davomida iste'molchi tomonidan xarid qilingan televizorda ishlab chiqarish nuqsoni mavjudligi aniqlandi.
Ko'rilgan choralar natijasida murojaat ijobiy hal etildi hamda iste'molchiga nosoz televizor o'rniga yangi va soz televizor almashtirib berildi. Shu tariqa fuqaroning qonuniy huquqlari tiklanib, yuzaga kelgan muammo qisqa muddatda bartaraf etildi.
Mazkur holat O'zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni talablarining amalda ta'minlanayotganini hamda iste'molchilarning huquqlari davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ishonchli himoya qilinayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Termiz shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarni xarid qilingan mahsulot yoki ko'rsatilgan xizmat sifati yuzasidan muammolarga duch kelgan taqdirda o'z huquqlarini himoya qilish uchun vakolatli tashkilotlarga murojaat qilishga chaqiradi. Qonuniy murojaatlar o'z vaqtida ko'rib chiqilishi iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish va adolatni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening