Выберите язык

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro A. Ch. tomonidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda fuqaro “EUPHORIA GROUP” MChJ tomonidan sotilgan “Urion” nomli mahsulot bo‘yicha to‘langan mablag‘ni qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat yuzasidan Toshkent shahar Yunusobod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, fuqaro A. Ch. tomonidan 2026-yil 6-sentabr kuni “EUPHORIA GROUP” MChJdan jami 1 976 000 so‘mlik mahsulot xarid qilingan. Xarid bo‘yicha tegishli oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan. O‘rganishlar davomida iste’molchining murojaati yuzasidan “EUPHORIA GROUP” MChJ bilan tegishli tushuntirish va muzokara ishlari olib borildi. Korxona tomonidan taqdim etilgan javob xatida shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda fuqaro tomonidan to‘langan mablag‘ni qaytarish masalasi ijobiy hal etilishi ma’lum qilindi. Natijada, iste’molchi A.Ch. 1 million 976 ming so‘mlik mablag‘ini qaytarish bo‘yicha masala ijobiy hal etildi.
Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan qonuniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste’molchilar tovar, ish va xizmatlar haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish, sifatli va xavfsiz mahsulotni tanlash, shuningdek, buzilgan huquqlarini himoya qilishni talab etish huquqiga ega.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening