Выберите язык

Yangi xarid qilingan smartfonning nosoz chiqishi xaridorga noqulaylik tug‘diradi. Ayniqsa, katta mablag‘ evaziga olingan qurilmaning kutilganidek ishlamasligi iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘ladi. Peshku tumanidan iste’molchi A.A. ham shunday holatga duch keldi. U 9 million so‘m evaziga “Samsung” rusumli smartfon xarid qilgan. Biroq foydalanish jarayonida qurilmada nosozlik aniqlangan.

Fuqaro muammoni hal etishda amaliy yordam so‘rab, Peshku tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, iste’molchining manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan. Natijada jamiyat xodimlarining aralashuvi bilan smartfon uchun to‘langan 9 million so‘m iste’molchiga to‘liq qaytarilgan. Shu tariqa fuqaro A.A.ning murojaati ijobiy hal etilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening