Выберите язык

Elektr energiyasi hisobining to‘g‘ri yuritilishi har bir xonadon uchun muhim. Hisoblagichning soz ishlashi iste’mol hajmini kuzatish, to‘lovlarni rejalashtirish hamda hisob-kitoblardagi tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Shu bois qurilmada yuzaga kelgan nosozlikni o‘z vaqtida bartaraf etish iste’molchining kundalik hayotiga daxldor masaladir.

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro S.O elektr hisoblagichidagi nosozlik yuzasidan amaliy yordam so‘rab, Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaatda ko‘tarilgan masala jamiyat tomonidan o‘rganilib, muammoni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan. Iste’molchining murojaati e’tiborsiz qolmay, hisoblagichdagi nosozlikni bartaraf etishga ko‘maklashilgan. Natijada elektr hisoblagichi ta’mirlab berilib, fuqaro S. O.ning murojaati ijobiy hal etilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening