Выберите язык

Maishiy texnika xaridi oilaning kundalik turmushiga qulaylik yaratishi kerak. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda muzlatgichning soz ishlashi muhim. Biroq yangi xarid qilingan qurilmada nuqson aniqlanishi iste’molchiga qo‘shimcha tashvish tug‘diradi.

Iste’molchi K. I. ham shunday vaziyatga duch keldi. U 1 million 950 ming so‘m evaziga “Immer” rusumli muzlatgich sotib olgan. Ammo undan foydalanish jarayonida qurilmada nuqsonlar aniqlangan. Natijada xaridor mahsulotdan kutilganidek foydalana olmagan.

Fuqaro yuzaga kelgan muammoni hal etishda amaliy yordam so‘rab, Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, xarid qilingan muzlatgichdagi nuqsonlar bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqilgan. Iste’molchining manfaatlarini himoya qilish va murojaatga yechim topish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan.

Natijada nuqsonli “Immer” muzlatgichi yangisiga almashtirib berilgan. Shu tariqa iste’molchi K. I.ning murojaati ijobiy hal etilib, uning sifatli mahsulotdan foydalanish imkoniyati tiklangan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening