Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda savdo sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Yaqinda fuqaro G. Norpo‘latova O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilib, Denov tumanida joylashgan “Chik Shop” savdo majmuasidan xarid qilgan kiyim-kechak mahsuloti yuzasidan noroziligini bildirgan.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro mazkur savdo majmuasidan kiyim xarid qilganidan so‘ng mahsulotdan foydalanish jarayonida uning yoqasida nuqson yuzaga kelgan. Shuningdek, sotuvchi tomonidan mahsulot bir necha marotaba almashtirib berilgan bo‘lsa-da, muammo iste’molchini qoniqtirmagan.
Mazkur murojaat Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan nazoratga olinib, holatni o‘rganish maqsadida Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Chik Shop” savdo majmuasiga borildi.
O‘rganish davomida murojaatchi tomonidan ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar olindi hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
Natijada fuqaro G. Norpo‘latovaning murojaati ijobiy hal etildi va iste’molchining muammosi bartaraf qilindi.
Mazkur holat iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi, sifatsiz yoki nuqsonli mahsulotga duch kelgan taqdirda esa o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, buzilgan huquqlarini tiklash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Iste’molchi murojaati o‘rganilib, muammo ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 14
























