Выберите язык


Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda iste’molchilar bilan bog‘liq muammolarni amaliy hal etish borasida Termiz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan izchil ishlar olib borilmoqda.
Yaqinda Qumqo‘rg‘on tumani “Mustaqillik” MFY, Sug‘diyona ko‘chasi, 6-uyda yashovchi fuqaro Xo‘jamberdiyev Xurshid Abdullayevich Termiz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Fuqaro o‘z murojaatida 2026-yil 3-avgust kuni Termiz shahrida joylashgan “MED XOMUS” klinikasi yonidagi “999” dorixonasidan dori-darmon xarid qilganini ma’lum qilgan. Uyiga borgach, retseptda ko‘rsatilgan dori o‘rniga boshqa, o‘rnini bosuvchi dori berilganini aniqlagan va mazkur holat yuzasidan amaliy yordam so‘rab Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaat Termiz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan e’tibordan chetda qoldirilmadi. Holatni o‘rganish maqsadida tegishli savdo nuqtasiga borilib, murojaatchining e’tirozlari atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning xarid uchun to‘lagan 655 000 (olti yuz ellik besh ming) so‘m mablag‘i to‘liq qaytarib olib berildi.
Murojaati ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan fuqaro Xo‘jamberdiyev Xurshid Abdullayevich Termiz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlariga o‘zining samimiy minnatdorligini bildirdi.
Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlari o‘z vaqtida o‘rganilishi, ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishi va muammolarga amaliy yechim topilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Termiz shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va buzilgan huquqlarini tiklashga ko‘maklashish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening