Выберите язык

Sud qaroridagi jarimani to‘lagan fuqaroning xonadoni 8 oydan so‘ng elektr tarmog‘iga qayta ulandi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kattaqo‘rg‘on tuman jamiyatiga 2026-yil 15-iyun kuni Omonkalxat MFY, Omonkalxat qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.G. tomonidan telefon orqali murojaat kelib tushdi.
Fuqaroning bildirishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi hukmiga asosan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish natijasida yetkazilgan 17 344 800 so‘mlik moddiy zarar to‘liq qoplangan. Shunga qaramay, uning xonadoni 8 oy davomida elektr tarmog‘iga qayta ulanmagan.
Murojaatni xolisona o‘rganish maqsadida Kattaqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda “Energosavdo” bo‘limi mas’ul xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida fuqaroning murojaati asosli ekani aniqlanib, xonadon shu kunning o‘zida elektr energiyasi tarmog‘iga qayta ulab berildi.
Natijada fuqaroning murojaati amaliy yordam asosida ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening