Выберите язык

Buxoro viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi, Buxoro shahar jamiyati raisi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Buxoro Texnika universiteti talaba yoshlari bilan “Iste’molchi va uning huquqlari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv-seminarda mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir amaldagi qonunchilik normalari, murojaat qilish tartibi va shakllari, federatsiyaning ishonch telefoni hamda murojaat madaniyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, iste’molchilardan kelib tushayotgan dolzarb muammolar va murojaatlar yechimlari, fuqarolarda huquqiy immunitetni shakllantirish masalalari haqida ham so‘z yuritildi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening