Выберите язык

     Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Navoiy shahridagi xalq ta’limi tizimiga qarashli umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlar uchun tashkil etilgan tibbiyot xonalarining holati jamoatchilik nazorati tartibida keng qamrovda o‘rganildi.

     Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘quvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularga zarur birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlarning amaldagi talablar darajasida ekanligini aniqlashdan iborat bo‘ldi.

     O‘rganish jarayonida maktablardagi tibbiyot xonalarining jihozlanganlik darajasi, dori vositalari bilan ta’minlanganligi, sanitariya-gigiyena holati hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayrim ta’lim muassasalarida tibbiyot xonalari yetarli darajada jihozlangani, zarur vositalar mavjudligi kuzatilgan bo‘lsa, ayrim maktablarda kamchiliklar ham aniqlandi.

     Xususan, ba’zi tibbiyot xonalarida dori vositalari zaxirasini yangilash, tibbiy asbob-uskunalarni to‘liq jamlash, shuningdek sanitariya talablariga yanada qat’iy rioya etish zarurligi qayd etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

    Jamiyat mutaxassislari tomonidan bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib borilishi, bu esa o‘quvchilar salomatligini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening