Выберите язык

Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda ularning manfaatlarini himoya qilish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro B.Z tomonidan kelib tushgan murojaat ham umumiy ovqatlanish xizmatidan foydalanishda hisob-kitob bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganiga oid bo‘ldi.

Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchi Buxoro tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida ovqatlangan. Ko‘rsatilgan xizmat uchun umumiy hisob 94 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa-da, kassa xodimi tomonidan uning bank kartasidan 940 ming so‘m yechib olingan. Natijada iste’molchidan belgilangan hisob summasiga nisbatan 846 ming so‘m ortiqcha mablag‘ olingan.

Fuqaroning Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaatini ko‘rib chiqish natijasida umumiy ovqatlanish shoxobchasi tomonidan ortiqcha yechib olingan 846 ming so‘m iste’molchiga qaytarildi. Shu tariqa murojaat ijobiy hal etilib, fuqaroning moddiy manfaatlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening