Выберите язык

Iste’molchilarning sifatli mahsulot xarid qilish va tegishli servis xizmatidan foydalanish borasidagi manfaatlarini himoya qilish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro N.I tomonidan kelib tushgan murojaat xarid qilingan planshetda yuzaga kelgan nosozlik bilan bog‘liq bo‘ldi.

Murojaatda bildirilishicha, fuqaro maishiy texnika do‘konidan 1 million so‘mga planshet xarid qilgan. Biroq undan foydalanish jarayonida nosozlik yuzaga kelgan. Iste’molchi ushbu masalani hal etishda amaliy yordam so‘rab Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasida savdo do‘koni tomonidan iste’molchiga servis xodimlari yuborilib, planshetdagi nosozlik yuzasidan tegishli xizmat ko‘rsatildi. Natijada fuqaro N.I ning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchining manfaatlari ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening