Выберите язык

Iste’molchilarning moddiy manfaatlarini himoya qilish, muddatli to‘lov asosidagi xaridlarda hisob-kitoblarning to‘g‘ri amalga oshirilishiga ko‘maklashish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Olot tumanida yashovchi fuqaro N.H ning tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaati ham to‘lovlar yakunlanganidan so‘ng bank kartasidan ortiqcha mablag‘ yechib olingani bilan bog‘liq bo‘ldi.

Murojaatda bildirilishicha, fuqaro «A S Y» do‘konidan muddatli to‘lov asosida 3 million 780 ming so‘mlik noutbuk xarid qilgan. Xarid bo‘yicha to‘lovlar to‘liq qoplanganiga qaramasdan, uning bank kartasidan qo‘shimcha ravishda 300 ming so‘m yechib olingan. Shundan so‘ng iste’molchi mazkur masalani hal etishda amaliy yordam so‘rab Olot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasida to‘lovlar to‘liq amalga oshirilganidan keyin ortiqcha yechib olingan 300 ming so‘m iste’molchiga qaytarildi. Shu tariqa fuqaro N.H ning murojaati ijobiy hal etilib, uning moddiy manfaatlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening