Выберите язык

Xizmat ko‘rsatish jarayonida hisob-kitoblarning to‘g‘ri amalga oshirilishi iste’molchilarning moddiy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro Q.O tomonidan kelib tushgan murojaatda restoranda ovqatlanish uchun amalga oshirilgan to‘lov bank kartasidan ikki marotaba yechib olingani bildirilgan.

Murojaatga ko‘ra, fuqaro Jondor tumanida joylashgan restoranda ovqatlangan va ko‘rsatilgan xizmat uchun 420 ming so‘m to‘lov qilgan. Biroq mazkur summa uning bank kartasidan ikki marotaba yechilib, jami 840 ming so‘m hisobdan chiqarilgan. Natijada iste’molchi 420 ming so‘m ortiqcha to‘lovni qaytarishda yordam so‘rab tuman jamiyatiga murojaat qilgan.

Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish natijasida restorandan ortiqcha yechib olingan 420 ming so‘mning fuqaroga qaytarilishi ta’minlandi. Shu tariqa fuqaro Q.O ning murojaati ijobiy hal etilib, uning moddiy manfaatlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening