Выберите язык

Xarid qilingan mahsulotning sifatli va foydalanishga yaroqli bo‘lishi iste’molchi manfaatlarini ta’minlashning muhim shartlaridan biridir. Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro T.U tomonidan kelib tushgan murojaat velosiped uchun xarid qilingan ehtiyot qismning nosozligi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Murojaatda bildirilishicha, iste’molchi velosiped savdo do‘konidan 150 ming so‘mga ehtiyot qism xarid qilgan. Biroq xarid qilingan mahsulot nosoz ekani aniqlangan. Shundan so‘ng fuqaro ushbu masalani hal etishda amaliy yordam so‘rab tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish natijasida nosoz ehtiyot qism uchun to‘langan 150 ming so‘mning savdo do‘koni tomonidan iste’molchiga qaytarilishi ta’minlandi. Shu tariqa fuqaro T.U ning murojaati ijobiy hal etilib, uning moddiy manfaatlari tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening