Kuz mavsumida bozor va savdo rastalarida meva-sabzavotlar hamda turli oziq-ovqat mahsulotlari assortimenti kengayadi. Ushbu davrda mahsulotning narxi va tashqi ko‘rinishi bilan birga, uning sifati, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlariga ham e’tibor qaratish muhim. Olot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarga oziq-ovqat xaridlarini ehtiyojga qarab rejalashtirish, mahsulotlarni tozalikka rioya etiladigan savdo joylaridan xarid qilishni tavsiya etadi.
Meva va sabzavotlarni tanlashda chirigan, mog‘orlagan yoki shikastlangan mahsulotlardan saqlanish lozim. Qadoqlangan oziq-ovqatlarning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, tarkibi va saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini tekshirish zarur. Go‘sht, sut va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni xarid qilishda ularning tegishli sovitish sharoitida saqlanayotganiga e’tibor berish kerak. Shuningdek, qopqog‘i shishgan, oqayotgan yoki qadoqlari shikastlangan konservalarni xarid qilmaslik, chegirmadagi mahsulotlarning ham yaroqlilik muddatini tekshirish tavsiya etiladi.
Olot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xarid chekini saqlab qo‘yish, sotib olingan mahsulotlarni yorlig‘ida ko‘rsatilgan sharoitlarda saqlash hamda tez buziladigan oziq-ovqatlarni imkon qadar tez sovitkichga joylashtirishni eslatadi. Mahsulot sifati yoki hisob-kitob bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganda, avvalo sotuvchiga, masala hal etilmasa, tuman jamiyatiga murojaat qilish mumkin. Xarid vaqtida e’tiborli bo‘lish oila salomatligi va ro‘zg‘or mablag‘larini asrashga xizmat qiladi.
Avtor: O’.Normurodov
Kuz mavsumida oziq-ovqat xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
- Информация о материале
- Автор: Buxoro viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 14
























