Выберите язык

Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro A. Jabborov tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro “Sergeli mashina bozori” AJ hududida joylashgan savdo do‘konidan xarid qilgan mahsulot sifatsiz chiqqani sababli uni sotuvchiga qaytarib berganini, biroq mahsulot qabul qilib olingan bo‘lsa-da, to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmaganidan norozi ekanligini bildirgan.

Mazkur murojaat Toshkent shahar Sergeli tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida murojaatchi hamda savdo do‘koni vakillari bilan suhbatlar o‘tkazilib, holat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirish va choralar ko‘rildi.

Shuningdek, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqlarini tiklash maqsadida masalaga alohida e’tibor qaratildi. Sergeli tuman jamiyati raisining bevosita aralashuvi va olib borilgan muzokaralar natijasida fuqaroning 9 million 760 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari to‘liq qaytarib berilishiga erishildi.

Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida murojaatlarni tezkor va adolatli ko‘rib chiqish muhim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi. Fuqarolar xarid jarayonida o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening