⚡️Nishon tumanida yana bir isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi
Bugungi kunda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi idoralar rasmiy saytlarida isteʼmolchilarning shaxsiy kabinetlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular orqali abonentlar o‘z joriy hisobini boshqarish, to‘lov holatini kuzatish, hisoblagich ko‘rsatkichlarini kiritib borish va barcha maʼlumotlardan onlayn xabardor bo‘lish imkoniyatiga ega. Shunga qaramay, ko‘pchilik isteʼmolchilar ushbu imkoniyatdan bexabarligi, axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalanishni bilmasligi yoki eʼtiborsizligi sababli ushbu qulayliklardan foydalanmayapti.
Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.M issiq suv sovuq suv kanalizatsiya xizmatlari toʻlovlaridan 4 015 000 soʻm qarzdorlik hamda 1 806 750 soʻm ortiqcha foiz hisoblangani aniqlangan. Fuqaro holatni tushuntirish maqsadida toʻlov qilgan shaxsni oldiga borganida fuqaroni tinglashni ham istamagan. Shundan soʻng fuqaro, Nishon tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
O‘rganishlar natijasida iste’molchi amalda qarzdor emasligi, aksincha, haqdor ekani aniqlandi. Shu sababli, noreal tarzda shakllangan jami 5 821 750 soʻm qarzdorlik butunlay bekor qilinib, iste’molchi huquqlari tiklandi.
✅ Viloyatimizdagi bu tajriba shuni ko‘rsatadiki, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik nazorati, ochiqlik va hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Adolat qaror topgan bu holat boshqa hududlarga ham ibrat bo‘lishi kutilmoqda.
























