Выберите язык

         O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali fuqaro X.U.ning murojaat qilgan.

Murojaatda fuqaro “Agrobank” ATB Muzrabot filialiga qarashli bankomat orqali plastik kartasidan naqd pul yechish jarayonida muammoga duch kelganligi bildirilgan. Xususan, bankomat orqali 2 000 000 so‘m mablag‘ yechib olingani qayd etilgan bo‘lsa-da, texnik nosozlik sabab ushbu mablag‘ fuqaro qo‘liga berilmagan.

Mazkur holat Muzrabot tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi. O‘rganish davomida bank mas’ullari bilan hamkorlikda yuzaga kelgan texnik xatolik holati ko‘rib chiqildi hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaroning plastik kartasidan yechilgan, biroq bankomat tomonidan berilmagan 2 000 000 so‘m mablag‘ “Agrobank” ATB Muzrabot filiali tomonidan mijozga qaytarilishi ta’minlandi.

Mazkur murojaatning ijobiy hal etilgani yuzasidan fuqaro tomonidan minnatdorlik bildirildi.

Muzrabot tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening