Выберите язык

Boysun tuman “Mustaqillik” mahallasida yashovchi fuqaro X.S. tomonidan yozma murojaat yo‘llangan edi.

Murojaatda fuqaro Boysun tuman “Istiqlol” ko‘chasida joylashgan “S. B. T” MCHJ savdo do‘konidan 6 717 000 (olti million yetti yuz o‘n yetti ming) so‘m evaziga xarid qilingan o‘smir bolalar uchun mo‘ljallangan avtomobil nosoz holatda ekani ma’lum qilgan.

Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida iste’molchiga to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish yoki ushbu mahsulotni xuddi shunday turdagi yangi mahsulotga almashtirib olish huquqi mavjudligi tushuntirildi.

Shuningdek, savdo do‘koni xodimiga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda iste’molchining qonuniy haq-huquqlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

🤝 Iste’molchilar huquqlari doimo himoyada!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening