Выберите язык

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarini o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarni amaldagi tartibda hal etish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Jingishki MFYda yashovchi fuqaro M.R. Gurlan tumanida joylashgan MCHJdan muzlatgich xarid qilgan. Xarid jarayonida iste’molchiga muzlatgich bilan birga ikkita sovg‘a ham berilishi aytilgan.

Biroq muzlatgich yetkazib berilganida uning tegishli hujjatlari hamda xarid vaqtida va’da qilingan ikkita sovg‘a iste’molchiga taqdim etilmagan. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Gurlan tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar ko‘rib chiqilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada muzlatgichga tegishli hujjatlar hamda xarid vaqtida va’da qilingan ikkita sovg‘a iste’molchi foydasiga olib berildi.

Shu tariqa fuqaro M.R.ning murojaati ijobiy hal qilindi.

Mazkur holat xaridorlarga tovar xarid qilish vaqtida mahsulotga tegishli hujjatlar, komplektatsiya va qo‘shimcha va’dalar, jumladan, sovg‘alar mavjud bo‘lsa, ularning shartlarini aniqlashtirish muhimligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening