Выберите язык

 Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Samarqand tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Samarqand tumani hokimligi bilan hamkorlikda tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘zbek tilida ish yuritish va davlat tilidan foydalanish holatini targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘rganish va targ‘ibot tadbirlari davomida umumiy ovqatlanish shoxobchalarida iste’molchilarga taqdim etiladigan menyular, peshlavhalar, e’lonlar, ko‘rsatkichlar va boshqa axborot vositalarida davlat tilidan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va umumiy ovqatlanish shoxobchalari mas’ullariga o‘zbek tilida savodli va to‘g‘ri ish yuritish, iste’molchilarga taqdim etiladigan ma’lumotlarni davlat tilida aniq va tushunarli shaklda rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.
Mazkur targ‘ibot-tashviqot ishlari orqali davlat tilining kundalik hayotda, xizmat ko‘rsatish sohasida va tadbirkorlik faoliyatida keng qo‘llanilishini ta’minlash, shuningdek, iste’molchilarga zarur axborotlarni tushunarli va qulay shaklda yetkazish maqsad qilinmoqda.
🇺🇿 Davlat tili — milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatimiz timsolidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening