Выберите язык

 

Sherobod tumanida fuqaroning murojaati amaliy yordam asosida ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarni amaliy hal etish borasida Sherobod tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sherobod tuman “Mehrabot” mahallasida yashovchi fuqaro Amirov G‘ayrat jamiyatning ijro etuvchi apparati ishonch telefoniga og‘zaki murojaat qilib, o‘zi xarid qilgan “REDMI” rusumli smartfon bilan bog‘liq muammo yuzasidan yordam so‘ragan.

Fuqaroning murojaati 2026-yil 14-sentabrdagi № IT/A-76-son bilan ro‘yxatga olinib, jamoatchilik tartibida o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida fuqaro Sherobod tumani hududida joylashgan savdo do‘konidan xarid qilgan smartfoni uchun to‘lagan pulini qaytarib berish bo‘yicha talab bildirgani aniqlandi.

Murojaat yuzasidan savdo do‘koni egasiga murojaat qilinib, masala qonun talablari doirasida tushuntirildi. Natijada fuqaroning xohishiga ko‘ra, “REDMI” rusumli smartfon savdo do‘koniga qaytarib berildi.

Shuningdek, telefon uchun avval to‘langan 1 500 000 so‘m pul mablag‘i savdo do‘koni egasi tomonidan iste’molchiga naqd pul shaklida to‘liq qaytarib berildi.

Fuqaro murojaatining ijobiy hal etilganidan mamnunligini bildirib, jamiyat boshqaruvi nomiga tashakkurnoma ham yo‘llagan.

Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmasligi, savdo xizmatlari jarayonida yuzaga keladigan muammolarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish va iste’molchining talablarini o‘rganish muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir fuqaro o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida murojaat qilish huquqiga ega. Sherobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening