Выберите язык

🛍️ Xaridorning murojaati o‘rganilib, mablag‘i qaytarildi
Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro tomonidan iste’molchi huquqlari buzilgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro savdo xizmatidan foydalanish jarayonida 3 600 000 so‘m miqdorida mablag‘ to‘lagani, biroq buyurtma bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgani sababli o‘zining qonuniy talablarini amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelgani ma’lum qilingan.
Holat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tomonlar bilan tushuntirish va amaliy ishlar olib borildi.
Natijada fuqaroning 3 600 000 so‘m mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
✅ Murojaat ijobiy hal etildi.
🤝 Iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, muammoli holatlarni o‘rganish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.
Sizda ham iste’molchi sifatida muammo yuzaga kelsa, o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening