Выберите язык

Yangibozor tumani Jayxun MFYda yashovchi fuqaro I.N. Yangibozor tumanidagi mebel do‘konidan 17 000 000 (o‘n yetti million) so‘m qiymatidagi mebel to‘plamini xarid qilgan.

Sotuvchi tomonidan mazkur mebel Toshkent shahridagi zavodda ishlab chiqarilgani ma'lum qilingan. Biroq, keyinchalik mebel zavod mahsuloti emas, balki ustaning sexida qo‘lbola usulda tayyorlangani aniqlangan.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro Yangibozor tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qildi.

Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilishi natijasida iste'molchining 17 000 000 (o‘n yetti million) so‘m miqdoridagi to‘lovi to‘liq qaytarib berildi.

Yangibozor tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening