Выберите язык

Ellikqalʼa tumanidagi "Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi" binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining yilning yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

2026-yilning 1-iyul holatiga qaraganda Federatsiyada aʼzo boʻlganlar soni 33 375 ni tashkil etib, oʻtgan yilgi koʻrsatkichga solishtirganda 15 766 ga ortgani kuzatildi.

Hisobot davrida jami 464 murojaat qabul qilingan boʻlib amalga oshirilgan ishlar natijasida jami 292 million 486 ming 568 soʻm mablagʻ isteʼmolchilar foydasiga hal qilindi.

Yigʻilishda Moʻynoq hamda Beruniy tumani Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, ayrim tuman jamiyatlari tomonidan kamchiliklarga yoʻl qoʻyilib atirgani aytib oʻtilib masʼullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Telegram

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening