Iste’molchilar huquqlari e’tiborda
Samarqand shahrining Minsk ko‘chasida faoliyat yuritayotgan savdo do‘konlaridan birida Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida monitoring tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida savdo nuqtasida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifati, mahsulotlarning yaroqlilik muddati, narxlarning to‘g‘ri va aniq ko‘rsatilishi, tovarlar haqida zarur ma’lumotlarning mavjudligi hamda xaridorlarning qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi o‘rganildi.
Monitoring jarayonida savdo faoliyatini amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Tadbirkorlarga iste’molchilarning huquqlarini hurmat qilish, mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash, xaridorlarga tovarlar haqida to‘liq va haqqoniy ma’lumot taqdim etish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday monitoring tadbirlari aniqlangan kamchiliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish bilan bir qatorda, tadbirkorlar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniy talablarning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish va monitoring tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Iste’molchilar huquqlari e’tiborda
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 39
























