Выберите язык

Noreal qarzdorlik bekor qilinib, iste’molchi huquqi tiklandi
Murojaat o‘rganilib, fuqaroning haq-huquqlari tiklandi
2026-yil 17-avgust kuni Bulung‘ur tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro B.I tomonidan murojaat kelib tushdi.
Fuqaro o‘z murojaatida “Toza hudud” DM xodimlari tomonidan xonadonida 9 nafar kishi istiqomat qiladi, degan ma’lumot asosida hisob-kitob qilinganligi hamda natijada 1 320 000 so‘m miqdorida noreal qarzdorlik shakllantirilganidan noroziligini bildirgan. Shuningdek, fuqaro mazkur qarzdorlikni asossiz deb hisoblab, holatga aniqlik kiritishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Bulung‘ur tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida xonadondagi amaldagi yashovchilar soni, hisob-kitoblarning to‘g‘riligi hamda qarzdorlikning shakllanishiga sabab bo‘lgan holatlar tahlil qilindi.
O‘rganishlar davomida fuqaro Bo‘riyev Ilyosning xonadonida 9 nafar emas, balki amalda 5 nafar kishi istiqomat qilishi aniqlandi. Shu bilan birga, murojaatda ko‘rsatilgan 1 320 000 so‘mlik qarzdorlik noreal hisoblanganligi yuzasidan tegishli tashkilot bilan masala ko‘rib chiqildi.
Natijada fuqaroning murojaati o‘zining ijobiy yechimini topib, 1 320 000 so‘m miqdoridagi noreal qarzdorlik bekor qilindi.
Ushbu holat iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga befarq bo‘lmaslik hamda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.
Shu munosabat bilan fuqaroning murojaati ijobiy hal etilganligi sababli o‘rganish ishlari yakunlandi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening