Выберите язык

Namangan viloyat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Namangan viloyat hududiy birlashmasi Davlatobod tuman ijro etuvchi apparati tomonidan “Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida o‘quv seminari va davra suhbati tashkil etildi.

Seminarda markaz bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Abdullaev Rahmonjon Olimjonovich, shifoxona hamda jamiyat xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida qatnashchilarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonun va qarorlar, ularning bugungi kundagi ijrosi hamda iste’molchilarning qanday huquqlarga ega ekanliklari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, seminar va davra suhbati davomida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Yakunda seminar qatnashchilariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishiga oid bukletlar va sohaga oid gazetalar tarqatildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening