Выберите язык

Norin tumani 1-sonli texnikumda o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga jamiyatning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarida iste’mol madaniyatini shakllantirish, xizmatlardan foydalanishda iste’molchilarning huquqlari va majburiyatlari, yuzaga kelayotgan muammolarni qonuniy tartibda hal etish masalalari keng muhokama qilindi.

Tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Seminar yakunida fuqarolarga ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilish tartibi tushuntirilib, iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini himoya qilish uchun 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilish mumkinligi alohida ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening