Выберите язык

Andijon viloyatida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘tkazilgan monitoring tadbirlari natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishga Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Mashrabov raislik qildi. Unda tuman va shaharlar mas’ullari, tegishli soha hamda hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda monitoringlar davomida aniqlangan holatlar tibbiyot, maktabgacha ta’lim, oziq-ovqat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari kesimida batafsil tahlil qilindi.

Muhokamalar davomida aniqlangan kamchiliklarning kelib chiqish sabablari, ularning iste’molchilar manfaatlariga ta’siri va takrorlanishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish yuzasidan mas’ul rahbarlarning faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarning sabablarini chuqur o‘rganish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida tuman va shaharlar, tegishli soha hamda tashkilotlar rahbarlariga monitoring natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan profilaktik va monitoring tadbirlarini kuchaytirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etish topshirildi. Boshqarma rahbariyati tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olinib, aholining manfaatlariga bevosita daxldor sohalarda monitoring tadbirlarini tizimli davom ettirish, xizmatlar sifati va xavfsizligini oshirish hamda iste’molchilar huquqlari buzilishining oldini olish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish belgilandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening