Выберите язык

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ular duch kelayotgan muammolarni qonunchilik asosida hal etish hamda buzilgan huquqlarini tiklash borasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tizimida samarali ishlar olib borilmoqda
Xususan, Toshkent shahar hududiy birlashmasiga Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda ta’kidlanishicha, fuqaro joriy yilning 19-avgust kuni Farhod ehtiyot qismlari bozoridagi “Kroks Mall” savdo majmuasida joylashgan 144-sonli do‘kondan 1 million 920 ming so‘m evaziga monitor xarid qilgan. Biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida unda texnik nosozlik mavjudligi aniqlangan. Iste’molchi monitorni xarid qilinganidan so‘ng 10 kun ichida sotuvchiga qaytarib murojaat qilgan bo‘lsa-da, do‘kon vakillari tomonidan masalani hal etish o‘rniga turli vajlar keltirilib, muammoning yechimi ortga surib kelingan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida sotuvchi korxona vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, amaldagi qonunchilik normalari hamda iste’molchining huquqlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida tomonlar o‘rtasidagi masala qonuniy tartibda hal etilib, iste’molchining talabi qanoatlantirildi. Natijada nosoz monitor uchun to‘langan 1 million 920 ming so‘m mablag‘ fuqaroning o‘ziga qaytarib berilishi ta’minlandi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga e’tibor qaratilib, ularning qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening