Выберите язык

Chiqindi xizmati uchun ortiqcha hisob-kitob yuzasidan murojaat o‘rganildi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining “Ishonch telefoni” orqali Namangan tumanida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushdi.
Iste’molchining ma’lum qilishicha, uning xonadonida ro‘yxatda turgan fuqarolar sonini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga taqdim etilgan. Shunga qaramay, chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar belgilanganidan ortiq miqdorda hisoblab kelinayotganidan norozilik bildirilgan.
Mazkur murojaat Namangan tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, holatga aniqlik kiritish yuzasidan tegishli tartibda ish olib borildi.
Iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqish jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening