Выберите язык

Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi raisi S.Mirzadiyarov hamda Yakkasaroy tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati vakillari tomonidan Respublika Qon Quyish Markazida o'quv seminar tashkil etildi.
Seminar davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Federatsiya tizimining faoliyati hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari bilan Federatsiya a’zoligi, a’zolikning afzalliklari, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Respublika Qon Quyish Markazi bilan a’zolik masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur seminar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening