Выберите язык

Iste’molchi M.Ch Karvon buyum bozoridagi savdo do‘konlaridan biridan kostyum-shim xarid qilgan. Biroq kiyimning hajmi unga to‘g‘ri kelmagani sababli mahsulotdan foydalana olmagan.

Iste’molchi kostyum-shimni qaytarish hamda to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish masalasida sotuvchiga murojaat qilgan. Ammo uning talabi o‘z vaqtida qanoatlantirilmagan. Shundan so‘ng M.Ch amaliy yordam so‘rab Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, savdo do‘koni mas’ullari bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Ko‘rilgan choralar natijasida hajmi to‘g‘ri kelmagan kostyum-shim savdo do‘koniga qaytarilib, mahsulot uchun to‘langan pul mablag‘i iste’molchiga undirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening