Выберите язык

Iste’molchi M.M. “M G” MChJga qarashli dorixonadan 300 ming so‘mga o‘ng oyoq uchun mo‘ljallangan tibbiy shina xarid qilgan. Biroq dorixona xodimi tomonidan unga adashib chap oyoqqa mo‘ljallangan shina berib yuborilgan.

Mazkur holat iste’molchiga noqulaylik tug‘dirgani sababli u amaliy yordam so‘rab Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, dorixona mas’ullari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada noto‘g‘ri berilgan tibbiy shina iste’molchiga zarur bo‘lgan — o‘ng oyoqqa mo‘ljallangan shinaga almashtirib berildi. Shu tariqa, iste’molchining qonuniy talabi ta’minlanib, murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening