Выберите язык

    2026-yil 21-sentabr kuni Navoiy shahrida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy shahar jamiyati va tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilishda Federatsiya tizimida navbatdagi hisobot konferensiyalariga tayyorgarlik ko‘rish, joylarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ishlarini yanada samarali tashkil etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
⚖️ Shuningdek, tayanch guruhlarining mahallalarda aholi bilan ishlashdagi ishtiroki, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
🔹 Yig‘ilish doirasida hisobot konferensiyalariga tayyorgarlikning muhim bosqichi sifatida hududiy konferensiyaga vakillar saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
📌 Ta’kidlash joizki, Federatsiyaning amaldagi tartibiga ko‘ra, tuman va shahar jamiyatlari hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishlari hududiy konferensiyalarga vakillar saylash jarayonining dastlabki bosqichini tashkil etadi.
✅ Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening