Выберите язык

ISTE’MOLCHILAR MUROJAATI SUDDA HAL ETILDI

Uychi tumani ijro etuvchi apparatiga  murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatda qayd etilishicha, Andijon viloyati Asaka tumanida faoliyat yurituvchi ko‘chma savdo xodimlari tomonidan oshxona idishlarini har oy 289 ming so‘mdan muddatli to‘lov asosida xarid qilish taklif etilgan.

fuqarolar ushbu taklifga rozi bo‘lib, "Open" ilovasi orqali shartnoma asosida xaridni rasmiylashtirishgan. Biroq to‘lov jarayonida kelishilgan 289 ming so‘m o‘rniga har bir fuqaroning plastik kartasidan 789 ming so‘mdan mablag‘ yechib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uychi tumani ijro etuvchi apparati tomonidan fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada, muammo ijobiy hal etildi: shartnomalar bekor qilindi, xarid qilingan mahsulotlar qaytarib olindi va 5 nafar fuqaroning plastik kartasidan yechib olingan jami 18 527 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarildi.

👉 1091 — ishonch telefoni

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening