Выберите язык

      Navoiy viloyatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar holatini o‘rganish maqsadida jamoatchilik nazorati tartibida monitoring ishlari olib borilmoqda.
Mazkur o‘rganishlar davomida mutaxassislar tomonidan uyda ta’lim olayotgan bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qituvchilarning dars o‘tish sifati hamda o‘quv jarayonining amaldagi tartiblarga mosligi atroflicha ko‘zdan kechirilib ota-onalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari o‘rganilmoqda.
     O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor bolalarning sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularga zarur o‘quv qurollari va metodik yordamlar yetkazib berilishiga qaratildi. Ayrim hollarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi.
Shu bilan birga, uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularning bilim darajasini oshirish va ijtimoiy moslashuvini ta’minlash masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening