Выберите язык

⚡️Kasbi tumanida yana bir fuqaro murojaat ijobiy tarzda hal etildi 

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunlar har bir fuqaro uchun o‘z huquqlaridan foydalanish va ularni himoya qilish imkonini beradi. Muhimi, bu huquqlardan o‘z o‘rnida va yetarli asoslar bilan foydalanishdir.

Maʼlum boʻlishicha, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro Sh.E tuman markazida joylashgan savdo majmualarning biridan 13 800 000 soʻm naqd pul evaziga elektroskuter xarid qilgan. Oradan bir necha kun vaqt oʻtib, elektroskuter nosoz holda ekanligi aniqlangan. Isteʼmolchi bu holatdan norozi boʻlib savdo majmua rahbariga murojaat bilan chiqganida eshitishni ham xohlamagan. Soʻng esa fuqaro Kasbi  tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Mazkur holatni o'rganish jarayonida xizmat koʻrsatuvchiga isteʼmolchining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun talablari tushuntirildi va qiymati 13 800 000  soʻm boʻlgan nosoz elektroskuterni yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Ushbu holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, har bir fuqaro o‘z iste’molchi sifatidagi huquqlarini bilsa va ulardan foydalansa, har qanday muammo o‘z yechimini topadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening